Tabiat · Qoʻngʻirot tumani
Ustyurt platosi
Kaspiy va Orol orasidagi tosh choʻl
Arxeologiya · Qoʻngʻirot tumani
Xorazmdan Volga boʻyiga boradigan karvon yoʻlidagi oʻrta asr karvonsaroyi xarobasi (XIV asr, boshqa maʼlumotlarga koʻra XI asr). Baland darvoza va ikki sher boʻrtma tasviri saqlangan.
Beleuli karvonsaroyi Ustyurt platosi orqali Saroychiqdan Xivaga, Orol va Kaspiy dengizlari oraligʻidan oʻtgan karvon yoʻli ustida qurilgan. Koʻpchilik tadqiqotchilar uni XIV asrga, baʼzilari XI asrga oid deb hisoblaydi. Yodgorlikni 1946-yilda va 1950-yillarda Sergey Tolstov boshchiligidagi Xorazm ekspeditsiyasi, 1982-yilda esa qozogʻistonlik restavratorlar ekspeditsiyasi oʻrgangan. Bino ikki qavatli boʻlib, har qavatda yettitadan — jami 14 xona va isitish tizimi boʻlgan; ichki hovli markazida quduq joylashgan. Bugungi kungacha balandligi 8 metrcha keladigan ikki ustun va darvoza saqlangan: darvoza ravogʻining yuqori qismi qizil gʻisht bilan qoplangan, unda ikki sherning boʻrtma tasviri bor.