Arxeologiya · Koson tumani
Yerqoʻrgʻon
Qadimgi Naxshab — Qarshi vohasining birinchi poytaxti
Maqbara · Muborak tumani
Muborak tumanidagi XIV asrga oid maqbara: VIII asr muhaddisi va soʻfiysi Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy xotirasiga bagʻishlangan ramziy qabr.
Maqbara Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy (736–797) nomi bilan bogʻlangan. U Marvda tugʻilgan mashhur olim, muhaddis va soʻfiy boʻlib, Bagʻdod, Basra, Makka, Madina, Balx, Buxoro, Samarqand va Nasaf kabi shaharlarda ilm olgan, Imom Abu Hanifa shogirdlaridan sanalgan. Olim Furot boʻyidagi Hit shahrida vafot etgan va oʻsha yerda dafn qilingan. Manbalarga koʻra, uning Qashqadaryodagi qadamjosi Amir Temur eʼtiboriga tushgan va Xoʻja Muborak qishlogʻida ramziy qabr ustiga maqbara qurilgan. Bino XIV asrga oid boʻlib, 2019-yilda davlat muhofazasiga olingan.
Abdulloh ibn Muborak tasavvuf, fiqh, hadis, tarix va tafsirga oid asarlar yozgan; uning “Kitob az-zuhd” (Zuhd haqida kitob) asari islom axloqiy adabiyotining ilk namunalaridan biri hisoblanadi.