Tabiat · Tomdi tumani
Qizilqum choʻli
«Qizil qumlar» — oltin va uran oʻlkasi
Tabiat · Qiziltepa tumani
Qiziltepa tumanidagi Toʻdakoʻl 1952-yilda Zarafshon suvlari tabiiy botiqqa toʻplanishidan paydo boʻlgan va 1968-yilda suv omboriga aylantirilgan. U suvda suzuvchi qushlar va baliqchilik bilan mashhur.
Toʻdakoʻl Buxorodan 26 km sharqda, dengiz sathidan 223,5 metr balandlikdagi tabiiy botiqda joylashgan; uning gʻarbida Quyimozor suv ombori bor. Koʻl 1952-yilda Zarafshon suvlarining botiqqa sizib toʻplanishidan hosil boʻlgan, 1968-yilda suv omboriga aylantirilib, 1977-yilda rekonstruksiya qilingan. Maydoni 210 km², hajmi 1,2 km³ (baʼzi manbalarda 0,8 km³), oʻrtacha chuqurligi 4,8 m; suvi qisman minerallashgan. U Zarafshonning ortiqcha suvlari va Amu–Buxoro kanali hisobiga toʻyinadi.
Koʻlda Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan suvda suzuvchi qushlar, baliqlar va toshbaqalar yashaydi. 1960-yilda koʻl negizida baliqchilik xoʻjaligi tashkil etilgan. Toʻdakoʻl va Quyimozor suv omborlari Ramsar konvensiyasining xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlari roʻyxatiga kiritilgan.
Tabiat · Tomdi tumani
«Qizil qumlar» — oltin va uran oʻlkasi
Masjid · Karmana tumani
Toʻrt ustunli gumbaz — Oʻzbekistondagi eng qadimiy masjidlardan biri
Arxeologiya · Karmana tumani
Karvonlarni suv bilan taʼminlagan gumbazli hovuz
Arxeologiya · Karmana tumani
Qoraxoniylarning «Shoh qoʻrgʻoni» — choʻl ichidagi saroy