Ziyoratgoh · Buvayda tumani
Podsho pirim majmuasi
«Fargʻonaning oliy homiysi» maqbarasi
Maqbara · Buvayda tumani
XV–XVI asrlarga oid sodda va salobatli maqbara: rivoyatga koʻra, Shoh Jalil onasi va rafiqasiga atab qurilgan, Buvayda tumani nomi ham shundan.
Maqbara XV–XVI asrlarga oid boʻlib, taxminlarga koʻra, din arbobi va afsonaviy sarkarda Shoh Jalil oʻz onasi Bibi Huvaydo va rafiqasiga atab qurdirgan; Buvayda tumani nomi ham ana shu Bibi Ubayda (Bibi Buvayda) nomidan kelib chiqqan. Bino ziyoratxona va ikki goʻrxonadan iborat, tarhi toʻgʻri toʻrtburchak (18×8,5 m). Peshtoqning ikki yonida guldastalar ishlangan, ziyoratxona va goʻrxonalar gumbaz bilan yopilgan. Sharq tomonda ziyoratxonaga taqab Bibi Buvaydaning nabirasi qabri ustiga kichik xona qurilgan. Maqbara bezaksiz, ichkarisi ganch bilan suvalgan, eshigiga handasiy naqsh oʻyilgan; qurilishda 25×25×5 sm oʻlchamli pishiq gʻisht ishlatilgan. Yodgorlik «Ipak yoʻllari: Fargʻona–Sirdaryo yoʻlagi» nominatsiyasi tarkibida.
Ziyoratgoh · Buvayda tumani
«Fargʻonaning oliy homiysi» maqbarasi
Arxeologiya · Qoʻqon shahri
Qoʻqonning ikki ming yillik tepaligi
Maqbara · Qoʻqon shahri
Xon onasi uchun qurilgan maqbara
Maqbara · Qoʻqon shahri
Qoʻqon xonlari xilxonasi
Madrasa · Qoʻqon shahri
Qoʻqondagi eng qadimgi saqlangan bino
Ansambl · Qoʻqon shahri
Qoʻqon xonlarining soʻnggi saroyi
Masjid · Qoʻqon shahri
98 ustunli ayvon va Chorsu minorasi
Muzey · Qoʻqon shahri
Shoir va dramaturg Hamza xotirasi
Madrasa · Qoʻqon shahri
Qozi Kamol qurdirgan ixcham madrasa