Arxeologiya · Sherobod tumani
Zarautsoy qoya rasmlari
Niqobli ovchilar va yovvoyi buqalar — tosh asrining “galereyasi”
Arxeologiya · Sherobod tumani
Sherobod tumanidagi bronza davri oxiriga oid ulkan manzilgoh: 100 gektardan ortiq maydon, ark, saroy, ibodatxona va katta qabriston. Shimoliy Baqtriya dehqonchilik madaniyatining choʻqqisi.
Jarqoʻton Sherobod tumanida, tabiiy lyoss tepaligida joylashgan. Uni 1973-yilda Sh. R. Pidayev va V. N. Pilipko kashf etgan. Oʻsha yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti ekspeditsiyasi A. A. Asqarov rahbarligida oʻrgana boshlagan. 1994–2003-yillarda bu yerda D. Xuff va Sh. Shaydullayev boshchiligidagi oʻzbek-nemis ekspeditsiyasi ishlagan, keyinroq boshqa xalqaro guruhlar ham tadqiqotlarni davom ettirgan.
Nomi “jar” (soy, jarlik) va “qoʻton” (mol qamaladigan joy) soʻzlaridan olingan. Turli tadqiqotchilar Jarqoʻtonni “shaharsimon manzilgoh”, “ilk shahar” deb ataydi.
Yodgorlikning umumiy maydoni 100 gektardan ortiq. Bustonsoyning chap qirgʻogʻida toʻrtta manzilgoh (Jarqoʻton 1–4), oʻng qirgʻogʻida beshta qabriston (Boʻston 1–5) joylashgan. Majmua ark, saroy, ibodatxona, asosiy turar joy qismi va unga tutash ulkan qabristondan iborat. Shimoli-gʻarbdagi 3 gektarlik ark qalinligi 1,5 metrgacha boʻlgan xom gʻisht devor bilan oʻralgan, uning ichida saroy va turar joy mavzelari boʻlgan.
Ibodatxona majmuasida olov kulti va marosim ichimliklari bilan bogʻliq qurbongoh topilgan. Shu sababli ayrim olimlar Jarqoʻtonni zardushtiylik sivilizatsiyasining salaflaridan biri deb hisoblaydi. Iqtisodning asosini sugʻorma dehqonchilik tashkil etgan, mil. avv. II ming yillik oxiriga kelib chorvachilik roli ortgan, hunarmandchilik rivojlangan.
Arxeologiya · Sherobod tumani
Niqobli ovchilar va yovvoyi buqalar — tosh asrining “galereyasi”
Tabiat · Sherobod tumani
Koʻhitang archazorlari va Amudaryo toʻqaylari
Muzey · Termiz shahri
Baqtriya va Kushon xazinalari bir binoda
Ziyoratgoh · Sherobod tumani
«Sunan at-Termiziy» muallifi yotgan qadamjo
Arxeologiya · Muzrabot tumani
Butun bir madaniyatga nom bergan bronza davri qoʻrgʻoni
Arxeologiya · Muzrabot tumani
Amudaryo qirgʻogʻidagi ellinistik qalʼa — “Oks boʻyidagi Aleksandriya”mi?
Arxeologiya · Angor tumani
Sherobod vohasining Kushon davri markazi