Arxeologiya · Koson tumani
Yerqoʻrgʻon
Qadimgi Naxshab — Qarshi vohasining birinchi poytaxti
Muzey · Qarshi shahri
Viloyatning bosh muzeyi: arxeologiya, qoʻlyozmalar, xalq amaliy sanʼati va etnografiya boʻyicha 38 mingdan ortiq buyum. 2007-yildan Navoiy bogʻidagi yangi binoda.
Muzey 1975-yildan 2007-yilgacha 1909-yilda qurilgan Abdulazizxoʻja madrasasida joylashgan. Dastlab unda inqilobgacha va inqilobdan keyingi davrlar hamda tabiat boʻlimlari boʻlgan; 1992-yilda tarix boʻlimlari birlashtirilib, xalq amaliy sanʼati boʻlimi tashkil etilgan. Qarshining 2700 yilligiga tayyorgarlik munosabati bilan madrasa taʼmirga yopilgach, ekspozitsiya vaqtincha boshqa binolarga koʻchirilgan va 2007-yil 23-fevraldan muzey Alisher Navoiy nomidagi bogʻdagi yangi binoda ishlay boshlagan.
2005-yilda Odina masjidini taʼmirlash paytidagi qazishmalarda topilgan 50 dan ortiq buyum — koshinlar, naqshli parchalar va tut yogʻochidan yasalgan qadimiy eshik ham muzey fondiga topshirilgan.
1995-yilda Qarshidagi “Shuhrat” qoʻrgʻonida muzeyning “Mehnat va shon-shuhrat” boʻlimi ochilgan; 2003-yildan u “Xotira va qadriyat” boʻlimi deb ataladi. Muzey Qashqadaryo viloyatining madaniy hayoti va tarixiga oid eng boy toʻplamni saqlaydi va ilmiy tadqiqotlar, koʻrgazmalar oʻtkazadi.
Bugun muzeyda tarix, xalq amaliy sanʼati va ilmiy-maʼrifiy boʻlimlar ishlaydi. Fondda 38 mingdan ortiq rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik asarlari, tangalar, arxeologik topilmalar, hujjatlar, maishiy va etnografik buyumlar saqlanadi. Muzeyning sharq qoʻlyozmalari toʻplami alohida eʼtiborga loyiq: uning katalogi 2004-yilda Rimda fransuz tilida nashr etilgan. Fondda polyak rassomi Apelbaumning yuzdan ortiq asari ham saqlanadi.
Arxeologik boʻlimdagi sopol idishlar va buyumlar Nasaf vohasining uch ming yillik tarixini koʻz oldingizga keltirishga yordam beradi.
Arxeologiya · Koson tumani
Qadimgi Naxshab — Qarshi vohasining birinchi poytaxti
Masjid · Qarshi shahri
Qarshining eng qadimgi binosi va qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi
Madrasa · Qarshi shahri
Uzoq yillar viloyat muzeyi boʻlgan ikki qavatli madrasa
Masjid · Qarshi shahri
Abdullaxon II davridan qolgan juma masjidi
Madrasa · Qarshi shahri
Registon boʻyidagi koshinsiz, buxorocha madrasa
Madrasa · Qarshi shahri
Jadidlar qamalgan kichik madrasa — bugun kutubxona va muzey
Ansambl · Qarshi shahri
Abdullaxon II davrida qurilgan 122 metrlik gʻisht koʻprik