Madrasa · Qarshi shahri
Qilichboy madrasasi
Jadidlar qamalgan kichik madrasa — bugun kutubxona va muzey
Masjid · Qarshi shahri
Qarshi qalʼasining markazidagi katta juma masjidi, shaharning saqlanib qolgan eng qadimgi meʼmoriy yodgorligi. 2021-yildan bu yerda qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi ishlaydi.
Odina (forscha “juma”) masjidi Nasaf katta jome masjidi nomi bilan ham tanilgan. U qadimgi Qarshi qalʼasining qoq markazida, Registon maydoni yonida qurilgan. Tarixchilar Mixail Masson va Boʻriboy Ahmedov masjid qurilishini Amir Temur nomi bilan bogʻlaydi: manbalarga koʻra, Temur 1380-yillar oʻrtasida Qarshiga kelganida bu yerda masjid barpo etishni buyurgan. Masjid juma va hayit namozlari uchun moʻljallangan, kundalik namozlar esa mahalla masjidlarida oʻqilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida bino qisman buzilib, gʻishtlari boshqa ehtiyojlarga ishlatilgan; gumbaz va minora qoldiqlari 1914-yilgacha saqlangan. Sovet davrida masjidda idoralar, keyin ombor joylashgan, 1938-yilda esa atrofi baland devor bilan oʻralib, qamoqxonaga aylantirilgan. Qamoqxona Qarshining 2700 yilligiga tayyorgarlik paytida, 2004–2005-yillarda shahardan tashqariga koʻchirilgan va masjid taʼmirlangan. Taʼmir paytidagi qazishmalarda koshin parchalari va tut daraxtidan yasalgan qadimiy eshik topilgan.
Masjid tarhi taxminan 50 × 40 metr. Keng ibodat zallari ustida kichik gumbazlar bor, qalin gʻisht ustunlar oʻzaro ravoqlar bilan bogʻlangan. Gʻarbiy devordagi katta mehrob atrofida “Oyatal kursi” tilla harflar bilan bitilgan.
2020-yil 8-oktabrdagi Prezident qaroriga muvofiq, 2021-yilda Odina masjidida qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil etilgan. Yaqinida Odina bogʻi, Qilichboy, Abdulazizxoʻja va Bekmir madrasalari hamda Qarshi sardobasi joylashgan — ularni bir sayrda koʻrish mumkin.
Madrasa · Qarshi shahri
Jadidlar qamalgan kichik madrasa — bugun kutubxona va muzey
Madrasa · Qarshi shahri
Uzoq yillar viloyat muzeyi boʻlgan ikki qavatli madrasa
Madrasa · Qarshi shahri
Registon boʻyidagi koshinsiz, buxorocha madrasa
Masjid · Qarshi shahri
Abdullaxon II davridan qolgan juma masjidi
Ansambl · Qarshi shahri
Abdullaxon II davrida qurilgan 122 metrlik gʻisht koʻprik
Muzey · Qarshi shahri
Nasafdan Qarshigacha — vohaning 38 ming eksponatli xazinasi
Arxeologiya · Koson tumani
Qadimgi Naxshab — Qarshi vohasining birinchi poytaxti