Masjid · Qarshi shahri
Odina masjidi
Qarshining eng qadimgi binosi va qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi
Madrasa · Qarshi shahri
1914-yilda boy qarshilik Qilichboy mablagʻiga qurilgan ixcham ikki qavatli madrasa. 1925–1938-yillarda qamoqxona boʻlgan, 2021-yildan kutubxona va muzey.
Madrasa amir Said Olimxon davrida, 1914-yilda nufuzli qarshilik boy Qilichboy mablagʻi hisobiga qurilgan; ayrim manbalarda 1911-yil koʻrsatiladi. Qurilishda usta Sharof Buxoriy ishtirok etgan. Dastlab bu yerda atrof qishloqlardan kelgan yoshlar tahsil olgan.
1925–1938-yillarda madrasa qamoqxona sifatida ishlatilgan: Qashqadaryo va qoʻshni hududlarda hibsga olingan jadidlar, ziyolilar va oddiy odamlar shu yerda soʻroq qilingan, madrasa mudarrislari va talabalari ham qamoqqa olingan. 2021-yilda bino taʼmirlanib, “Oltin meros” jamgʻarmasiga qarashli kutubxona va muzey ochilgan.
Madrasa kichik: ikki qavatli peshtoq qismi, sakkiz qirrali ixcham hovli va oʻn bitta hujradan iborat; hovli oʻrtasida hovuz boʻlgan.
Masjid · Qarshi shahri
Qarshining eng qadimgi binosi va qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi
Madrasa · Qarshi shahri
Uzoq yillar viloyat muzeyi boʻlgan ikki qavatli madrasa
Madrasa · Qarshi shahri
Registon boʻyidagi koshinsiz, buxorocha madrasa
Masjid · Qarshi shahri
Abdullaxon II davridan qolgan juma masjidi
Ansambl · Qarshi shahri
Abdullaxon II davrida qurilgan 122 metrlik gʻisht koʻprik
Muzey · Qarshi shahri
Nasafdan Qarshigacha — vohaning 38 ming eksponatli xazinasi
Arxeologiya · Koson tumani
Qadimgi Naxshab — Qarshi vohasining birinchi poytaxti