Madrasa · Xiva shahri
Arab Muhammadxon madrasasi
Poytaxt Xivaga koʻchgach qurilgan ilk madrasa
Madrasa · Xiva shahri
1785-yilda Xivada Qoʻngʻirotlar sulolasiga asos solgan Muhammad Amin inoq qurdirgan madrasa. Rivoyatga koʻra, inoq va uning oʻgʻli shu yerdagi xonalardan biriga dafn etilgan.
Madrasa Ichan Qalʼa markazida, 1785-yilda Muhammad Amin inoq tomonidan qurilgan. U Xiva xonligida Qoʻngʻirotlar sulolasi hukmronligiga asos solgan shaxs hisoblanadi. Rivoyatga koʻra, madrasaning maxsus xonalaridan biriga inoq va uning oʻgʻli dafn etilgan; 1935-yilda Xivadagi ayrim binolar buzilayotganda ustalar madrasa ichida ikki qabr topgani haqida maʼlumot bor. Madrasada 20 dan ortiq hujra, ikki qavatli bosh tarz va ikki tomonida yuqoriga chiqadigan zinapoyalar mavjud. Uchta gumbazli dahliz orqali 25,4 × 24 metrli hovliga kiriladi; hovli atrofida bir qavatli hujralar va bir-biriga qaragan ikki ayvon joylashgan. Madrasa 2019-yilda davlat muhofazasiga olingan.
Madrasa · Xiva shahri
Poytaxt Xivaga koʻchgach qurilgan ilk madrasa
Ansambl · Xiva shahri
Olloqulixonning koshinlar saroyi
Ansambl · Xiva shahri
Devorlar ichida yashayotgan shahar-muzey
Madrasa · Xiva shahri
Xivadagi birinchi ikki qavatli madrasa
Masjid · Xiva shahri
Ming yillik ustunlar oʻrmoni
Madrasa · Xiva shahri
Shoir xon — Feruzning madrasasi
Masjid · Xiva shahri
Oʻymakor eshikli oppoq masjid
Madrasa · Xiva shahri
Xiva talabalarining kutubxonasi boʻlgan madrasa
Madrasa · Xiva shahri
Xorazm musiqa sanʼati muzeyi joylashgan madrasa
Maqbara · Xiva shahri
Shoir, kurashchi va Xivaning piri