Qalʼa · Xiva shahri
Bogʻcha darvoza
Ichan Qalʼaning shimoliy darvozasi
Madrasa · Xiva shahri
Muhammad Rahimxon II ning ukasi Amir Toʻra 1870-yillar boshida qurdirgan madrasa. 2017–2019-yillarda taʼmirlanib, Xiva restavratsiya maktabiga berilgan.
Madrasa Ichan Qalʼaning shimoliy qismida, Bogʻcha darvoza yaqinida, Hasanmurod qushbegi masjidi roʻparasida joylashgan. Uni Muhammad Rahimxon II ning ukasi Amir Toʻra qurdirgan; manbalarda qurilish sanasi 1870 yoki 1872-yil deb koʻrsatiladi. Aytishlaricha, qurilish Muhammad Rahimxon madrasasi bilan bir vaqtga toʻgʻri kelgani uchun gʻisht va mohir ustalar yetishmagan, Amir Toʻra Toʻrtkoʻl va Shoʻraxon ustalarini jalb qilgan. Madrasaning ichki tomoni koshin bilan qoplangan, tashqi tarzi esa bezaksiz qolgan — buning sabablaridan biri 1873-yilgi Rossiya yurishi deb hisoblanadi. 2017–2019-yillarda madrasa ikki bosqichda taʼmirlanib, Xiva restavratsiya maktabiga berildi: bu yerda ustalar tayyorlanadi va sayyohlar taʼmir ishlarini oʻz koʻzi bilan koʻrishi mumkin.
Qalʼa · Xiva shahri
Ichan Qalʼaning shimoliy darvozasi
Madrasa · Xiva shahri
Shoir xon — Feruzning madrasasi
Ansambl · Xiva shahri
Devorlar ichida yashayotgan shahar-muzey
Ansambl · Xiva shahri
Olloqulixonning koshinlar saroyi
Madrasa · Xiva shahri
Qoʻngʻirotlar sulolasi asoschisi qurdirgan madrasa
Madrasa · Xiva shahri
Poytaxt Xivaga koʻchgach qurilgan ilk madrasa
Madrasa · Xiva shahri
Xivadagi birinchi ikki qavatli madrasa
Bozor · Xiva shahri
Xiva savdosining yuragi
Madrasa · Xiva shahri
Xiva talabalarining kutubxonasi boʻlgan madrasa
Masjid · Xiva shahri
Ming yillik ustunlar oʻrmoni