Masjid · Buxoro shahri
Kalon masjidi
12 ming kishi sigʻadigan jome masjidi
Masjid · Buxoro shahri
Ramazon va Qurbon hayitlarida koʻpchilik namoz oʻqishi uchun moʻljallangan namozgoh 1119–1120 yillarda Arslonxon buyrugʻi bilan shahar tashqarisida qurilgan.
Islom kirib kelgach, Buxoroda hayit namozlari Registonda oʻqilgan, IX asrda esa maydon torlik qilib, namozgoh shahardan uch kilometrcha uzoqqa koʻchirilgan. XII asrda Qoraxoniy Arslonxon shahar ahli mudofaa uchun Buxorodan uzoqlashmasligi kerak, deb hisoblab, Shamsobod bogʻini sotib olgan va 1119–1120 yillarda u yerda uzunligi 38 metrga yaqin pishiq gʻisht devor — mehrobli namozgoh qurdirgan.
Mehrob murakkab geometrik va oʻsimliksimon naqshlar, oʻyma va sirli koshin bilan bezatilgan. Namozgoh XIV asrda, Amir Temur farmoni bilan va XVI asrda Abdullaxon II davrida taʼmirlangan va kengaytirilgan. Bugun u shahar ichida qolgan va dastlabki vazifasini yoʻqotgan.
Masjid · Buxoro shahri
12 ming kishi sigʻadigan jome masjidi
Ansambl · Buxoro shahri
Oʻrta Osiyodagi eng yaxlit saqlangan oʻrta asr shahri
Muzey · Buxoro shahri
Boy buxorolik savdogar xonadoni
Ansambl · Buxoro shahri
Sobiq qassobxona oʻrnidagi madrasa va minora
Masjid · Buxoro shahri
Zarhal naqshli kichik guzar masjidi
Bozor · Buxoro shahri
Sarroflar gumbazi — Ipak yoʻli valyuta ayirboshlash joyi
Masjid · Buxoro shahri
Yer ostiga «choʻkkan» eng qadimiy masjid
Masjid · Buxoro shahri
Darveshlar uchun qurilgan bino hovuz boʻyida
Bozor · Buxoro shahri
Besh koʻcha tutashgan bosh kiyim bozori
Ansambl · Buxoro shahri
Hovuz boʻyidagi maydon — eski Buxoroning yuragi