Ansambl · Termiz shahri
Sulton Saodat majmuasi
Termiz sayyidlarining yetti asr davomida qurilgan xilxonasi
Ziyoratgoh · Termiz shahri
Termizdagi koʻp xonali xonaqoh: markaziy gumbazli zal, chuqur ravoqli peshtoq va muqarnas bezaklar. Hozirgi koʻrinishi XVI asrga oid, kirish qismi Temuriylar meʼmorchiligini eslatadi.
Xonaqoh Termizning sharqiy qismida, Sulton Saodat majmuasidan uncha uzoq boʻlmagan joyda turibdi. Xalq orasida u turli nomlar bilan tanilgan: Termiz hukmdori Aloulmulk Xudovandzoda koʻshki, “Azizon”, “Azlar eshon” va “Kokildor”. Oxirgi nom bolalarning birinchi kokilini qirqish udumi bilan bogʻlanadi. “Xonaqoh” soʻzi soʻfiylar va darveshlar yashab, ibodat qiladigan maskanni anglatadi.
Rivoyatlarga koʻra, Kokildor ota Hakim at-Termiziy xonadoniga kuyov boʻlgan olim va xattot boʻlib, bu yerda dafn etilgan. 2001-yil avgustida Kokildor otaning xoki Sulton Saodat qabristoniga koʻchirib dafn etilgan. Bino Termiz shahrining 2500 yilligi munosabati bilan taʼmirlangan, atrofi obodonlashtirilgan.
Xonaqoh toʻgʻri toʻrtburchak tarhli, oʻlchami 27,5 × 17 metr, beshta xonadan iborat. Baland va chuqur ravoqli peshtoq orqali 7,5 × 7,5 metrli markaziy zalga kiriladi; uning gumbazi sakkiz qirrali poygumbaz ustiga oʻrnatilgan. Ikki yondagi bir xil oʻlchamli xonalar dahliz orqali bogʻlangan. Ichkaridagi ravoq va namoyonlar ganchkori pardoz bilan, gumbaz osti bagʻallari muqarnaslar bilan bezatilgan; markaziy zalda bir necha qabr saqlangan.
Old qismi pishiq gʻishtdan qurilgan, uch pogʻonali tarzi Sulton Saodat majmuasidagi binolarni eslatadi. Olimlar xonaqohning kirish qismini XV asr Temuriylar meʼmorchiligi bilan qiyoslaydi va bino oʻsha davrda Termizdagi boshqa obidalar qatori qayta taʼmirlangan, deb hisoblaydi.
Ansambl · Termiz shahri
Termiz sayyidlarining yetti asr davomida qurilgan xilxonasi
Qalʼa · Termiz tumani
Vazifasi hanuz jumboq boʻlib qolgan Somoniylar davri inshooti
Ziyoratgoh · Termiz tumani
“Termiz ota” — shahar homiysi sanalgan allomaning qadamjosi
Muzey · Termiz shahri
Baqtriya va Kushon xazinalari bir binoda
Arxeologiya · Termiz tumani
Oʻzbekistondagi tik turgan eng qadimgi inshootlardan biri
Arxeologiya · Termiz tumani
Amudaryo kechuvidagi 2500 yillik shahar xarobalari
Arxeologiya · Termiz tumani
Choʻpon topgan Budda va Kushon davri monastiri
Arxeologiya · Termiz tumani
Tepalik bagʻriga oʻyilgan buddaviy gʻor-monastirlar
Ziyoratgoh · Termiz tumani
Paygʻambar oroli nomini bergan qadamjo
Arxeologiya · Angor tumani
Sherobod vohasining Kushon davri markazi